Innovatsion rivojlanish agentligining Ilm-fan va ta’lim integratsiyasi boshqarmasi tomonidan “Akademik harakatchanlik dasturi tanloviga hujjat topshirish va loyiha xarajatlar smetasini shakllantirish” mavzusida seminar tashkil etilmoqda.
Sana: 02.04.2025. Vaqti: 11:30.
Manzil: Innovatsion rivojlanish agentligi (Universitet ko’chasi, 7)
Seminarda ishtirok eting va mavzu doirasidagi savollaringizga mutaxassislarimizdan javob oling!
Ro‘yxatdan o‘tish 1-aprel 14:00ga qadar davom etadi.