Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasida (TTA) akademiya rahbariyati Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon tibbiyot universiteti delegatsiyasini qabul qildi. Mazkur uchrashuv ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, tibbiy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida tajriba almashish maqsadida tashkil etildi.
Muzokaralar chog‘ida tomonlar ta’lim dasturlarini takomillashtirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Uchrashuv yakunida akademik hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga katta ahamiyat berib, jahonning yetakchi tibbiyot universitetlari bilan aloqalarni rivojlantirishda davom etmoqda.