Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasiga “Sağlık Group” tashkiloti turk mutaxassislari tashrif buyurdi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari, Turk mutaxassislari hamda akademiya rahbariyati ishtirok etishdi.
Tashrif davomida akademiyaning faoliyati bilan tanishilib, quyidagi masalalar muhokama qilindi:
- Onkologlar uchun mavjud o‘quv dasturi haqida ma’lumot olish
- Turkiyadagi tibbiy ta’lim tizimi bo‘yicha tajriba almashish
- Akademiya rahbariyatini Turkiyaning yetakchi tibbiyot muassasalaridagi ilg‘or ta’lim imkoniyatlari bilan tanishtirish
- Tibbiyot universitetlari darajasida yanada kengroq hamkorlik imkoniyatlarini yaratish
Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusidagi hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha kelishuvga erishdi.