Stanford professori Toshkent tibbiyot akademiyasida.

Stanford professor

Jahon tibbiyot ilm-fani yetakchilaridan biri Amerikalik olim  professor Jeyms Chang ayni daqiqalarda Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari bilan uchrashmoqda. Professor  Jeyms Chang dunyodagi top universitetlar orasida  2 chi o’rinda turadigan Stanford universiteti (AQSh)ning Plastik jarrohlik bo’limi mudiri hamda dunyo tibbiyoti tan olgan mashhur plastik jarroh. Bugun U Toshkent tibbiyot akademiyasida talabalar uchun yaratilgan ta’lim va ilm-fan sharoitlari bilan yaqindan tanishdi. Professor akademiyadagi ta’lim sharoitlarini yuksak baholar ekan, O’zbekistonning tibbiy ta’lim sohasidagi taraqqiyotini e’tirof etdi. Ayni daqiqalarda tashrif doirasida professorning  Plastik jarrohlik san’ati mavzusida talabalar bilan uchrashuv o’tkazilmoqda. Suhbat chog’ida u o’zining shifokorlik yo’li, muvaffaqiyatga erishish tajribasi haqida so’zlab berdi. Talabalar uchun bu uchrashuv ilhom va yangi g’oyalar manbai bo’lishi tabiiy. Kunning ikkinchi yarmida  mehmon Tta ning tibbiyot bazalaridan biri  “Chinor tibbiyot markazi”ga tashrif buyuradi. Talabalar bu yerda olimning  “Qo’l jarrohligi va mikroxirurgiya” mavzusidagi  xalqaro mahorat darsidan bahramand bo’ladilar. Tashrifring ahamiyatli tomoni Professor Chang  o’zining  ushbu sohadagi ilg’or yondashuvlari, murakkab amaliyotlar borasida nafaqat ma’ruza qiladi, balki bir nechta bemorlarni ko’rikdan o’tkazib amaliy  eksklyuziv mashg’ulotlarini   ham o’tkazadi. Mazkur  nufuzli tashrif TTAning xalqaro nufuzini mustahkamlash, talabalar va yosh mutaxassislar salohiyatini oshirishga  ham xizmat qiladi degan umiddamiz.

Stanford professor Stanford professor

Stanford professor Stanford professor

Stanford professor Stanford professor

Translate: Eng

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan