“Biz sog‘lom yurt farzandlarimiz” sport festivali bo‘lib o‘tdi

Biz sog‘lom yurt farzandlarimiz

Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasida “Sport – sog‘lom xalq, sog‘lom avlodning tayanch ustuni” shiori ostida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Biz sog‘lom yurt farzandlarimiz” nomli sport festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Sport vazirligi rahbariyati, Toshkent tibbiyot akademiyasi rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talaba-yoshlari faol ishtirok etdilar.

Ochilish marosimini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda tibbiyot xodimlari va yoshlarning faolligi alohida ahamiyatga ega ekanini, ularning sportga bo‘lgan ishtiyoqi esa keng jamoatchilik uchun ibrat bo‘lishini ta’kidladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/44602

Biz sog‘lom yurt farzandlarimiz Biz sog‘lom yurt farzandlarimiz

Biz sog‘lom yurt farzandlarimiz Biz sog‘lom yurt farzandlarimiz

Biz sog‘lom yurt farzandlarimiz Biz sog‘lom yurt farzandlarimiz

Translate: Eng

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan