Toshkent tibbiyot akademiyasida Adolat sotsial-demokratik partiyasi tashabbusi bilan “Bo‘lajak kadrlarni halollik vaksinasi bilan emlash – davr talabi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbir kirish so‘zi bilan ochilib, unda “Adolat” Sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Rahmonov Abdukamol Shodiyevich so‘zga chiqdi.
Shuningdek, davra suhbatida “Halollik, halollik standartini joriy etish” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi professori, polkovnik Qobilov Sharif Rahimovich tomonidan ma’ruza qilindi.
Tadbirda akademiyamizning professor-o‘qituvchilari, TTA Yoshlar ittifoqi, TTA Xotin-qizlar kengashi faollari hamda iqtidorli talabalar ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida yoshlarda halollik, qonuniylik va fuqarolik mas’uliyatini shakllantirish, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Davra suhbati ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etib, mavzuga oid bilim va tasavvurlarini yanada mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.
Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirildi, esdalik sovg‘alari topshirildi. Uchrashuv yoshlarda ijtimoiy faollik va fuqarolik mas’uliyatini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.