Sog‘lom kelajak sari dadil qadam!

Sog‘lom kelajak sari dadil qadam!

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida “Tibbiyotda kasalliklarni oldini olishning epidemiologik aspektlari va profilaktika sohasining ahamiyati” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Unda TTAdan F.I. Salomova va N.O. Axmadaliyeva o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi: • “Talabalar va tamaki mahsulotlariga munosabat” • “Tabiiy ovqatlanish orqali organizm himoya kuchini oshirish”

Anjumanda TTAning 2025-yil 4-apreldagi 756-sonli buyrug‘i asosida boshlangan “Akademiya — chekishdan holi hudud” tashabbusi ham keng yoritildi. TTA professorlari F.I. Salomova “Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalarining  tamaki mahsulotlariga bo‘lgan munosabati», N.O. Axmadaliyeva “Tabiiy ovqatlanish orqali organizm himoya kuchini oshirish”ga oid ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Tadbir orqali 31-may — Butunjahon chekishga qarshi kurashish kuni oldidan, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish har birimizning salomatligimiz va kelajagimiz uchun mas’uliyatimiz borligi yana bir bor eslatildi.

Sog‘lom kelajak sari dadil qadam! Sog‘lom kelajak sari dadil qadam!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan