Toshkent tibbiyot akademiyasi Erasmus+ «International Days» doirasida BERNICA loyihasning xalqaro konferensiyasi bo’lib o’tdi

2025-yilning aprel oyida Toshkent tibbiyot akademiyasi mezbonligida “Ovqatlanish va dietologiyaning dolzarb masalalari: aholining turli guruhlari uchun ovqatlanish xususiyatlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Mazkur konferensiyada O‘zbekiston hamda qator xorijiy davlatlardan taniqli olimlar, amaliyotchi shifokorlar, tadqiqotchilar va soha mutaxassislari ishtirok etdi. Tadbir davomida turli yosh guruhlari, homilador ayollar, bolalar va surunkali kasalliklarga chalingan bemorlar uchun ovqatlanishning ilmiy asoslari, zamonaviy yondashuvlar va profilaktika choralariga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Konferensiyada innovatsion g‘oyalar, amaliy tajribalar, ilmiy izlanishlar natijalari bilan o‘rtoqlashildi hamda ovqatlanish madaniyatini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasida muhim taklif va tavsiyalar ilgari surildi.

Translate: Eng Рус

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan