Toshkent tibbiyot akademiyasi Bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasida navbatdagi yangicha formatdagi, bilim va ijobiy emotsiyalarga boy tadbir — “BKP QUIZ” intellektual o‘yini muvaffaqiyatli o‘tkazildi!
Tadbir kafedra mudiri, professor Bobomuratov Turdiqul Akramovich tashabbusi bilan tashkil etilib, o‘yinning g‘oyasi va konsepsiyasi muallifi — Muxtorov Maqsud G‘ofurjon o‘g‘li hisoblanadi. Uning zamonaviy va interaktiv yondashuvi tadbirni yanada jonli va qiziqarли tarzda o‘tkazilishiga xizmat qildi.
O‘yinda kafedra jamoasi bir tan-u bir jon bo‘lib qatnashdi.
Jumladan:
Dasturni olib boruvchi, boshlovchi, kafedra o’quv ishlari bo’yicha ma’sul xodim Dotsent Mallayev Shuxrat Sherqulovich
- Dotsent Nurmatova Nargiza Fatxullayevna
- Dotsent Avezova Guloyim Sattarovna
- Assistent Fayziyev Nodir Nizomiddin o‘g‘li
- Assistent Urinov Akmal Farmon o’g’li va boshqa faol pedagoglar o‘z bilimi va chaqqonligini namoyon etdilar.
Tadbirda, shuningdek, Pediatriya fakulteti dekani, professor Xamrayev Abror Asrorovich, Karimjonov Ilhom Asomovich ва Yusupova Gulnoza Amanillayevnaning ishtiroki o‘yinga yanada ruh va kayfiyat bagʻishladi.
“BKP QUIZ” nafaqat bilimlarni sinovdan o‘tkazdi, balki jamoaviy ruh, fikr almashish va do‘stona muhitni mustahkamlashda katta rol o‘ynadi.
Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar unutilmas taassurotlar, iliq kayfiyat va yangi ilhom bilan tark etdilar!