Kitobxonlik haftaligi

Kitobxonlik haftaligi

Zamonlar o‘tadi, texnologiyalar yangilanadi, ammo qalbni uyg‘otadigan adabiyot, she’riyat, san’at hech qachon o‘z qadriyatini yo‘qotmaydi. Toshkent Tibbiyot Akademiyasida o‘tkazilgan “Kitobxonlik haftaligi” ana shunday ma’naviy ozuqa manbai bo‘ldi.

Haftalik doirasida Muhammad Yusuf va Erkin Vohidov ijodiga bag‘ishlangan adabiy kechalar eng yorqin va ta’sirli tadbirlardan biri bo‘ldi. Bu shunchaki she’r o‘qish emas, balki ulug‘ shoirlarning hayoti, ijodi orqali bizda Vatanga muhabbat, xalqga sadoqat tuyg‘ularini uyg‘otgan ma’naviy maktab bo‘ldi.

Muhammad Yusuf — oddiy xalq vakili sifatida o‘zining sodda va samimiy she’rlari bilan yuraklarni zabt etgan shoir. Erkin Vohidov esa o‘zbek millatining tili, tarixi va madaniyatini ulug‘lashda fidokorona xizmat qilgan mutafakkir edi. Ularning hayoti va ijodi orqali biz sabr, irodalilik, sadoqat va milliy g‘ururni his etdik.

Talabalar tomonidan ijro etilgan she’rlar qalb tiliga aylandi. Ayniqsa, “Ulug‘imsan, Vatanim” va “O‘zbegim” kabi asarlar zalda chuqur taassurot qoldirdi.

Tibbiyot ilmi qanchalik muhim bo‘lmasin, unda insoniylik, rahm-shafqat va ma’naviy yuksaklik ham muhim. Adabiyot esa ana shu fazilatlarni shakllantiradigan kuchli manbadir. “Kitobxonlik haftaligi” buni yana bir bor isbotladi.

Umid qilamanki, bunday tadbirlar bardavom bo‘ladi va har bir talaba qalbida yangi ufqlarni ochadi.

Kitobxonlik haftaligi Kitobxonlik haftaligi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan