💫 Toshkent tibbiyot akademiyasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya! 🎓🌍
🥱Toshkent tibbiyot akademiyasida “Talabalar tibbiyot ilmining zamonaviy yutuqlari” V-Talabalar xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi start oldi. 📖✨
🔵Konferensiyaning asosiy maqsadi:
• Talabalarning tibbiy tayyorgarlik darajasini oshirish 📚
• Amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash 🩺
• Yuqori texnologiyali tibbiyot yo‘nalishlarida bilim almashish 🤝
• Ilmiy-innovatsion loyihalarni keng jamoatchilikka taqdim etish 💡
✅Tadbir gibrid shaklda o‘tkaziladi va unda AQSH, Italiya, Frantsiya, Germaniya, Turkiya, Xitoy, Yaponiya, Rossiya va boshqa 35 dan ortiq davlatlarning 1000 nafarga yaqin talabalari ishtirok etishi kutilmoqda.
🟢Bu konferensiya — zamonaviy tibbiyot ilmi yo‘lida yangi avlod vakillarini birlashtiruvchi muhim maydon bo‘ladi degan umiddamiz!




