“Biz korrupsiyaga qarshimiz!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir

Biz korrupsiyaga qarshimiz

2025-yil 24-aprel kuni Toshkent tibbiyot akademiyasining 1- va 2-son Talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini yuksaltirish, halollik va adolat tamoyillarini keng targ‘ib qilish maqsadida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbir Akademiyaning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi Odiljon Jo‘murodov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi Husan Ravshanov hamkorligida o‘tkazildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, unga qarshi kurashishdagi har bir fuqaroning, xususan, yoshlarning faol fuqarolik pozitsiyasi muhimligi haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, talabalar mavzu yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdilar. Ular korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonida halollik, qonuniylik va mas’uliyatni asosiy qadriyat sifatida qaror toptirish borasidagi shaxsiy yondashuvlarini namoyon etdilar.

Mazkur tadbir yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Biz korrupsiyaga qarshimiz Biz korrupsiyaga qarshimiz

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan