Toshkent tibbiyot akademiyasida raqamlashtirish jarayonlari davom etmoqda. Akademiyaning Raqamli ta’lim texnologiyalar markazi tomonidan talabalar uchun yangi, zamonaviy tizimlar joriy etildi. Ushbu yangiliklardan biri — test markaziga talabalar kirishi uchun o‘rnatilgan Face ID tizimi.
Yangi tizim hozirda test rejimida ishlamoqda va talabalar uchun yanada qulaylik yaratishga xizmat qilmoqda. texnologiyasi yordamida talabalarning shaxsini tez va xavfsiz aniqlash imkoniyati taqdim etilmoqda. Bu esa, test jarayonlarini osonlashtiradi va ishonchli bo‘lishini ta’minlaydi.
Yangi tizim hozirda test rejimida ishlamoqda va talabalar uchun yanada qulaylik yaratishga xizmat qilmoqda. Face ID texnologiyasi yordamida talabalarning shaxsini tez va xavfsiz aniqlash imkoniyati taqdim etilmoqda. Bu esa, test jarayonlarini osonlashtiradi va ishonchli bo‘lishini ta’minlaydi.
Toshkent tibbiyot akademiyasining raqamlashtirishga bo‘lgan e’tibori talabalarga ilmiy va ta’lim jarayonlarida qo‘shimcha qulayliklar yaratishga xizmat qilmoqda. O‘rnatilgan yangi tizimlar nafaqat ta’lim sifatini oshiradi, balki akademiyaning innovatsion yondashuvlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Raqamli ta’lim texnologiyalar markazi tomonidan amalga oshirilgan ushbu tashabbus akademiyaning zamonaviy, raqamlashtirilgan ta’lim tizimiga erishishdagi muhim qadamlaridan biridir.