BIZ SOG‘LOM YURT FARZANDLARIMIZ

31-MAY – SOG‘LOM TURMUSH TARZI KUNI

Bugun Toshkent davlat tibbiyot universitetida sog‘lom hayot tarzini targ‘ib qilish va yoshlar orasida sport madaniyatini rivojlantirish maqsadida ikki muhim tadbir muvaffaqiyatli o‘tkazildi: “BIZ SOG‘LOM YURT FARZANDLARIMIZ” sport festivali “Biz tamaki chekishga qarshimiz!” shiori ostidagi yugurish marafoni “Shifokor” sport majmuasida o‘tgan Read more

E’lon – Dissertatsiya ishi himoyasi Kodirov Dilmurod Alimxon o’g’li

2025-yilning 12-iyun kuni soat 13:00 da Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03 raqamli ilmiy Kengash yig’ilishida Kodirov Dilmurod Alimxon o’g’lining “Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlarining radiatsion xavfsizligini ta’minlashni gigiyenik asoslash”  mavzusidagi 14.00.07 –Gigiyena ixtisosligi bo’yicha falsafa doktori Read more

Hamrayev Shahob Shamsiyevich

Ustozim professor Hamrayev Shahob Shamsiyevich bilan tanishuvim kelajakdagi faoliyatimning muhim nuqtasi edi…

1981 yil sentyabr oyi hayotimda unutilmas bir burilish nuqtasi bo‘lgan edi. Shifokorlik faoliyatimni yanada takomillashtirish maqsadida Toshkent shifokorlarni malaka oshirish instituti (hozirgi TashIUV) qoshidagi O‘zNIITO institutiga yo‘l oldim. U yerda 4 oylik travmatologiya va ortopediya kurslarini o‘ta boshladim. O‘sha davrda Read more

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti hududida joylashgan Akademik litsey

Bugun Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Shuhrat Boymuradov Toshkent pediatriya tibbiyot instituti hududida joylashgan Akademik litsey faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida litseyning respublika va xalqaro miqyosida erishilgan yutuqlari, xodimlarning amalga oshirgan ishlari bilan tanishildi. Mazkur tashrif doirasida rektor ta’lim sifatini yanada oshirish, oliy tibbiy ta’lim muassasalari bilan integratsiyani kuchaytirish bo‘yicha fikr almashdi. Tashrif yakunida Shuhrat Boymuradov litseyda yaratilgan sharoitlar Read more

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-aprelda qabul qilingan PQ–149-sonli Qarori

Prezident Qarori (PQ-149, 2025-yil 22-aprel)da keltirilgan vafizalar ijrosi bo’yicha kafedralar bilan uchrashuv

Tibbiy ta’limda yangi bosqich: ToshDavTibUniverda Prezident Qarori ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi Bugun Toshkent davlat tibbiyot universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-aprelda qabul qilingan PQ–149-sonli Qarorida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda universitet kafedralari professor-o‘qituvchilari Read more

E’lon

Sizni TTА huzuridagi DSc04/30.12.2019.Tib.30.02 raqamli Ilmiy kengashda Sanitariya, Gigiena va Kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot instituti tayanch doktoranti Ismadiyarova Zulayxo Dilmurod qizining «Togʼ-kon sanoatida mexnat gigienasi, kasbiy koxlear nevritda serebral oʼzgarishlarni davolash, profilaktika usullarini ishlab chiqish» mavzusidagi falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi Read more

I2-PLEDGE

Italiyada I2-PLEDGE loyihasining navbatdagi uchrashuvi va malaka oshirish kurslari bo‘lib o‘tmoqda

2025 yil 27–29 may kunlari Italiya Respublikasining Laquila shahrida Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida moliyalashtirilayotgan “I2-PLEDGE: O‘zbekistonda biotibbiyot muhandisligi yo‘nalishi bo‘yicha innovatsion va fanlararo dasturlar ishlab chiqish va foydalanish” loyihasi bo‘yicha navbatdagi xalqaro uchrashuv va malaka oshirish kurslari bo‘lib o‘tmoqda. Read more

Attestatsiya jarayonidan

Attestatsiya jarayonidan

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Biotibbiyot muhandisligi yo’nalishi va Oliy ma’lumotli hamshiralik ishi yo’nalishi bitiruvchi talabalariga YAKUNIY FAKULTET ATTESTATSIYASI o’tkazilmoqda. Farmatsiya, Menejment, Tibbiy biologiya, Biotibbiyot muhandisligi va OMH fakulteti dekani S.U.Aliyev hamda mas’ullari tomonidan fakultet attestatsiyasi o’tkazilib, talabalarning o’quv yakunlari, imtihon Read more