O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi «Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 304-son qarori (https://lex.uz/ru/docs/3213410) hamda Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining qarori bilan tasdiqlangan «Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom», tasdiqlagan komissiyalari tarkibi va dasturlari asosida mutaxassislik fanlari va chet tillari bo‘yicha navbatdagi malakaviy imtihonlar (rejaga asosan)
Toshkent tibbiyot akademiyasining (TDTU) Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limiga hujjatlarni (15-apreldan) 5-mayga qadar taqdim qilgan ilmiy izlanuvchilarga joriy yil
13-may kuni 10-00 xorijiy tili (ingliz, nemis va boshqa xorijiy tillar) va
14-may kuni 10-00dan mutaxassislik fanlaridan (reja jadval ilovaga asosan) malakaviy imtihonlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Malakaviy imtihonlar Bosh o‘quv binoning 7-qavati, 746-xonada (ma’ruza zali) bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Manzil:
Toshkent shahri, Olmazor tumani, Farobiy ko‘chasi, 2-uy.
Diqqat! Imtihon topshiruvchi talabgorlar imtihonga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni asos qilgan holda kiritiladi.
Hurmat bilan,
Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi