ToshDavTibUni | Bolalar kasalliklari propedevtikasidan II-Xalqaro fan olimpiadasi bo‘lib o‘tdi

Mazkur nufuzli ilmiy musobaqada nafaqat O‘zbekistonning yetakchi tibbiyot oliygohlari, balki MDH va boshqa xorijiy davlatlardan kelgan talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Olimpiadaning asosiy maqsadi — bo‘lajak pediatrlarni nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha sinovdan o‘tkazish, xalqaro tajriba almashish hamda tibbiyot ta’limi sifatini yuksaltirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida qatnashchilar bir nechta bosqichlardan iborat testlar, klinik holatlar tahlili va amaliy mashg‘ulotlarda o‘z salohiyatlarini namoyish etdilar.

Olimpiada nafaqat raqobat, balki ilmiy muloqot, do‘stlik va xalqaro hamkorlik muhitida o‘tdi. G‘olib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Mazkur olimpiada ToshDavTibUni tashabbusi bilan an’anaviy ravishda o‘tkazilib, yosh mutaxassislar uchun katta motivatsiya va professional o‘sish imkonini yaratmoqda.

Translate: Eng Рус

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan