Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori Shuhrat Boymuradov universitet talabalarining yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishish maqsadida kuni kecha talabalar turar joyiga tashrif buyurdi.
Ma’lumki, hozirgi kunda universitetda nafaqat yurtimiz, balki xorijlik, xususan Hindistondan kelgan talabalar ham tahsil olishmoqda. Ularning qulay va xavfsiz yashashi uchun universitet tomonidan 4-talabalar turar joyi ajratilgan bo‘lib, bu yerda barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.
Rektor Shuhrat Boymuradov talabalar bilan suhbatlashib, ularning yashash sharoitlari, ovqatlanish, tibbiy xizmat va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, rektor talaba-yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi. Suhbat davomida talabalar universitetda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlardan mamnun ekanliklarini, ta’lim sifati, professor-o‘qituvchilar bilan muloqot va yashash imkoniyatlari borasida ijobiy fikrlarni bildirdilar.
Uchrashuv yakunida rektor xorijlik talabalar uchun qulayliklarni yanada ko‘paytirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida tegishli topshiriqlar berdi.