“Talabalar teatr studiyalari” festivalining final bosqichi bo’lib o’tmoqda

Darmon

Bugun O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Talabalar teatr studiyalari” festivalining final bosqichi bo’lib o’tmoqda.

Tanlovning 2025-yilgi mavsum final bosqichi 14-16-may kunlari Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat musiqali drama teatrida o’tkazilmoqda. Final bellashuvida quyidagi oliy ta’lim tashkilotlarining teatr jamoalari mavsum g‘olibligi uchun o‘zaro bellashmoqdalar va quyidagi ketma-ketlikda spektakllarini namoyish etmoqdalar:

14-may kuni:

  • Toshkent davlat tibbiyot universiteti
  • Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti
  • Andijon davlat pedagogika instituti
  • Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
  • Namangan davlat pedagogika instituti

15-may kuni:

  • Qarshi davlat texnika universiteti
  • Termiz davlat pedagogika instituti
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
  • Farg‘ona davlat universiteti

Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Darmon” talabalar teatr studiyasi festivalning final bosqichida Nazar Eshonqul asari asosida saxnalashtirilgan “Urush odamlari” spektaklini mahorat bilan namoyish etdilar.

Festival g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan I, II va III darajali diplom hamda pul yutuqlari bilan taqdirlanadi. Tantanali taqdirlash marosimi 16-may kuni soat 10:00 da Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tadbirlar zalida bo‘lib o‘tadi.

1-o‘rin – BHMning 190 barobari;

2-o‘rin – BHMning 140 barobari;

3-o‘rin – BHMning 85 barobari;

  • Eng faol oliy taʼlim muassasasi – BHMning 35 barobari;
  • Eng yaxshi erkak roli uchun – BHMning 25 barobari;
  • Eng yaxshi ayol roli uchun – BHMning 25 barobari;
  • Jamoa ijodkor talabasi – BHMning 20 barobari;
  • Eng yaxshi talabalar teatr studiyasi rahbari – BHMning 15 barobari.

“Darmon” teatr jamoasiga final bosqichi bellashuvida omad va zafarlar tilab qolamiz!

Darmon Darmon

Darmon Darmon

Darmon Darmon

Darmon Darmon

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan