AYOLLAR SALOMATLIGI – SO‘G‘LOM JAMIYAT ASOSI

AYOLLAR SALOMATLIGI – SO‘G‘LOM JAMIYAT ASOSI

Professor F.M. Ayupova xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman Toshkentda o‘tkazildi

15 may kuni poytaxtimizdagi “International Hotel Tashkent” majlislar zalida “Ayollar salomatligi – sog‘lom jamiyat asosi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Mazkur anjuman O‘zbekiston tibbiyoti rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan taniqli ginekolog-olima, professor Faro‘gat Muhammadjonova Ayupova xotirasiga bag‘ishlandi.

Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Toshkent davlat tibbiyot universiteti hamkorligida tashkil etildi.

Anjumanda O‘zbekiston, Rossiya, Turkiya, Shveytsariya kabi davlatlardan malakali mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar, shifokor-olimlar hamda tibbiyot muassasalarining yetakchi vakillari ishtirok etdi.

Plenar yig‘ilishda professor F.M. Ayupovaning hayoti va ilmiy-pedagogik merosi haqida to‘lqinlantiruvchi ma’ruzalar tinglandi. Shuningdek, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollar reproduktiv salomatligi, ongli kontratsepsiya, akusherlikdagi yuqori xavfli holatlar, ginekologik kasalliklarni barvaqt aniqlash va davolash bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar muhokama qilindi.

Anjuman doirasidagi sektsiya yig‘ilishlarida ham ayollar salomatligiga doir 30 dan ziyod ilmiy chiqishlar tinglandi. Parallel ravishda tashkil etilgan poster sessiyada esa yosh tadqiqotchilar o‘z izlanish natijalarini taqdim etdilar.

Tadbir yakunida anjuman ishtirokchilari tomonidan rezolyutsiya qabul qilindi. Unda ayollar salomatligini yaxshilashga qaratilgan ilmiy, amaliy va tashkiliy chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish lozimligi qayd etildi.

Bu kabi anjumanlar nafaqat ilmiy jamoatchilikni birlashtiradi, balki amaliyotdagi muammolarga ham yechim topishda muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.

AYOLLAR SALOMATLIGI – SO‘G‘LOM JAMIYAT ASOSI AYOLLAR SALOMATLIGI – SO‘G‘LOM JAMIYAT ASOSI

AYOLLAR SALOMATLIGI – SO‘G‘LOM JAMIYAT ASOSI AYOLLAR SALOMATLIGI – SO‘G‘LOM JAMIYAT ASOSI

AYOLLAR SALOMATLIGI – SO‘G‘LOM JAMIYAT ASOSI AYOLLAR SALOMATLIGI – SO‘G‘LOM JAMIYAT ASOSI

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan