“Sportchi – yurt himoyachisi!” – shunchaki shior emas, bu sog‘lom avlod, kuchli Vatan poydevoridir!

Sportchi – yurt himoyachisi!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan e’lon qilingan “Sport oyligi” doirasida Toshkent davlat tibbiyot universitetida katta sport tadbirlariga tantanali tarzda start berildi.

Vooleybol, futbol, stol tennisi, shaxmat va shashka kabi qiziqarli va intellektual sport turlari bo‘yicha talabalar o‘rtasida do‘stona va bir vaqtning o‘zida murosasiz musobaqalar boshlandi.

Bu musobaqalar nafaqat jismoniy chiniqishga, balki:

  • Talabalar orasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga
  •  Bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish madaniyatini rivojlantirishga
  •  O‘z-o‘zini tarbiyalash, iroda va matonatni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Sog‘lom fikr – sog‘lom tanada bo‘ladi! Ayniqsa, tibbiyot sohasini egallayotgan yoshlarimiz uchun sport – bu hayot tarzi, iroda va bardamlik maktabidir.

Sport nafaqat tanani, balki ruhni, aqlni ham chiniqtiradi. Ushbu tadbirlar yoshlarda jamoaviylik, liderlik, mas’uliyat kabi hayotiy muhim fazilatlarni shakllantirishga xizmat qiladi.

Musobaqa g‘oliblari esa qimmatli sovg‘alar va esdalik sovrinlar bilan taqdirlanadi.

Unutmang: bugungi sog‘lom talabalar – ertangi sog‘lom jamiyat tayanchi!

Marra sari birga olg‘a, aziz yoshlar!

Sportchi – yurt himoyachisi! Sportchi – yurt himoyachisi!

Sportchi – yurt himoyachisi! Sportchi – yurt himoyachisi!

Sportchi – yurt himoyachisi! Sportchi – yurt himoyachisi!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan