Yaqinda Armaniston poytaxti Yerevan shahrida bo‘lib o‘tgan ITKF (International Traditional Karate Federation) turkumidagi “Ararat Cup” xalqaro turnirida yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan hamyurtimiz, Toshkent davlat tibbiyot universitetining Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi, atrof-muhit muhofazasi va kimyo fakulteti 3-bosqich talabasi Anjelina Shavkatova katta yutuqka erishdi.
Ushbu nufuzli musobaqada Karatening ITKF turi bo‘yicha Kumite yo‘nalishida bellashgan Anjelina Shavkatova barcha raqiblarini mag‘lub etib, 1-o‘rinni egalladi va Jahon chempionatiga saralash bahslarida g‘olib bo‘ldi.
Bu muvaffaqiyat nafaqat uning shaxsiy yutug‘i, balki o‘zbekistonlik yoshlarning xalqaro sport maydonidagi munosib ishtirokini ham namoyon etadi.
— Men uchun bu musobaqa katta tajriba maktabi bo‘ldi. Oldindagi Jahon chempionatiga jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapman. Maqsadim — yurtim sharafini yanada yuqori pog‘onalarda himoya qilish, — deydi g‘oliba talabamiz.
Aytish joiz, Anjelina Shavkatova nafaqat sportda, balki tahsilda ham faol va namuna bo‘lib kelayotgan talabalardan biri. Uning bu kabi yutug‘i yosh avlodning g‘ayrati va irodasini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti ilmiy pedogogik jamoasi va talabalar nomidan Anjelina Shavkatovani chin qalbdanmuborakbod etamiz va unga kelgusi Jahon chempionatida zafarlar tilaymiz!