2025-yilning 15-may sanasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining Yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Yoshlar ofisi rahbari janob Felipe Paulliyer Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi “INNO” texnoparkka tashrif buyurdi.
Tashrif davomida janob Paulliyer texnoparkda yoshlar tomonidan amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar va startaplar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, u talabalar uchun yaratilgan amaliyot dasturlari, Yoshlar akademiyasi bilan hamkorlikda innovatsion g‘oyalarni prototip holatiga keltirish tizimi kabi tashabbuslarning amaliy natijalarini yuqori baholadi.
Tadbirda Janob Paulliyer Yoshlar akademiyasi – Pediatriya, stomatologiya, xalq tabobati, tibbiy pedagogika va surdotarjimonlik fakulteti lideri Ahmedov Diyorbekning innovatsion loyihalari bilan yaqindan tanishdi va Felipe Paulliyer Diyorbekning loyihalariga qiziqish bildirib tibbiyotda innovatsiyalar, yoshlar salohiyati va global hamkorlik istiqbollari yuzasidan o’zaro fikr almashdilar. Tashrif chog‘ida AQSh texnoparklari vakillari tomonidan hamkorlik takliflari bildirildi.