Nukus Model Climate COP — Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari muvaffaqiyatli ishtirok etishdi

Nukus Model Climate COP

Xabar berganimizdek, Global Yoshlar Festivali – 2025 doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida “Raqamli yashil tashabbuslar haftaligi” doirasida Nukus Model Climate COP tadbiri yuqori saviyada va muvaffaqiyatli tashkil etildi.

Mazkur nufuzli anjumanda Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari faol ishtirok etib, muzokaralarda o‘z bilim, salohiyat va mahoratini namoyon etishdi. Ular faxrli o‘rinlarni egallab, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Nukus shahar boshqarmasi tomonidan diplomlar bilan taqdirlandilar.

G‘oliblar:

  • Kamilov Jasurbek — 1-o‘rin
  • Tojialiyev Ilyosbek — 2-o‘rin
  • Abduxamidov Abdulaziz — 2-o‘rin
  • Shuhratov Abdurahmon — 3-o‘rin
  • Zokirxojaev Ahmadxoja — 3-o‘rin

Bu yutuq Toshkent davlat tibbiyot universiteti Yoshlar ittifoqi BT huzuridagi “Ekomed” klubi a’zolari hamda faol talabalar ekologik masalalar bo‘yicha yetakchi yoshlar sifatida shakllanib borayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan