Innovatsiyalar, ilm-fan va xalqaro hamkorlik — bularning barchasi ESPGHAN 2025 xalqaro kongressi doirasida namoyon bo‘lmoqda.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasi dotsentlari Sultanova N.F. va Avezova G.S. jahon tibbiyotining nufuzli anjumanlaridan biri — Finlyandiyaning Xelsinki shahrida bo‘lib o‘tayotgan ESPGHAN 2025 xalqaro kongressida ishtirok etmoqdalar.
Mazkur kongress doirasida bolalar gastroenterologiyasi, gepatologiyasi va nutritsiologiyasi bo‘yicha so‘nggi ilmiy yutuqlar, global tajriba almashinuvi va istiqboldagi innovatsion yondashuvlar muhokama qilinmoqda.
Turli davlatlardan kelgan yetuk mutaxassislar bilan fikr almashish, bolalar salomatligiga oid dolzarb masalalarni jahon standartlari asosida yoritish hamda zamonaviy yondashuvlardan xabardor bo‘lish imkoniyati yaratildi.
Jahon tibbiyoti bilan hamqadam bo‘lish — biz uchun ustuvor maqsad!