Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori Shuhrat Boymuradov universitet kafedra jamoalari bilan uchrashdi va har bir xodimga vazifalar belgilandi

Uchrashuvda “Tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-149-son, 22.04.2025) ijrosini ta’minlash doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning amaldagi natijasi ko’rib chiqilib, kafedralardagi har bir xodim darajasida vazifalar belgilab berilmoqda.

🔹 Jumladan, mamlakatimizda tibbiyot sohasi uchun oliy malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilishga doir dolzarb muammolar yuzasidan kompleks ilmiy tadqiqotlar olib borish, oliy tibbiy ta’lim muassasalarining mavjud resurslaridan samarali foydalanish hamda moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash masalalari muhim e’tibor markazida bo‘ldi.

Shuningdek, yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ta’lim dasturlarini xalqaro tibbiy ta’lim standartlariga muvofiqlashtirish, kompetensiyalarga asoslangan ta’lim yondashuvlarini joriy etish, shuningdek, tibbiyot sohasini raqamlashtirish bo‘yicha ham fikr almashildi.

Mazkur uchrashuv tibbiy ta’limda sifat, samaradorlik va xalqaro integratsiyani ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarning amaliy bosqichlaridan biri bo‘lib, Toshkent davlat tibbiyot universiteti jamoasining ilmiy, akademik va tashkiliy salohiyatini safarbar etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan