“Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi sohasida ta’lim, fan va texnologiyalar uyg‘unligi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi sohasida ta’lim, fan va texnologiyalar uyg‘unligi

Bugun Toshkent davlat tibbiyot universitetida Butunjahon oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi kuniga bag‘ishlab, “Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi sohasida ta’lim, fan va texnologiyalar uyg‘unligi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Mazkur anjuman BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi hamda Toshkent davlat tibbiyot universiteti hamkorligida tashkil etildi.

Konferensiyada oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasida faoliyat yuritayotgan yetakchi mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar, soha olimlari, talaba-yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida ta’lim, fan va texnologiyalarni oziq-ovqat xavfsizligi sohasiga integratsiyalash, mavjud muammolar va ularning yechimlariga bag‘ishlangan ilmiy ma’ruzalar tinglandi, dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Konferensiya yakunida qatnashchilarga sertifikatlar topshirildi va ushbu yo‘nalishda hamkorlik aloqalarini kengaytirishga kelishib olindi.

Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi sohasida ta’lim, fan va texnologiyalar uyg‘unligi Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi sohasida ta’lim, fan va texnologiyalar uyg‘unligi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan