Toshkent davlat tibbiyot universitetida Butunjahon oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi kuniga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tdi

Butunjahon oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi kuni

Bugun Toshkent davlat tibbiyot universitetida Butunjahon oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi kuniga bag‘ishlab, “Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi sohasida ta’lim, fan va texnologiyalar uyg‘unligi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya doirasida sport musobaqalari tashkil etildi.

Tadbir Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi hamda Toshkent davlat tibbiyot universiteti hamkorligida o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasining yetakchi mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. Konferensiya doirasida o‘tkazilgan sport musobaqalari ishtirokchilarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviylik ruhini mustahkamlash va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qildi.

Tadbir doirasida ilmiy ma’ruzalar, interaktiv sessiyalar va sog‘lomlashtiruvchi sport dasturlari orqali oziq-ovqat xavfsizligi, salomatlik va barqaror rivojlanish kabi dolzarb masalalarga e’tibor qaratildi.

Butunjahon oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi kuni Butunjahon oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi kuni

Butunjahon oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi kuni Butunjahon oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi kuni

Butunjahon oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi kuni Butunjahon oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi kuni

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan