Mazkur tadbirda Oliy ta’lim muassasalari rektorlari, jumladan Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori Sh. Boymurodov ham ishtirok etmoqda.
Tadbirning asosiy maqsadi — talaba-yoshlarning biznes reja va startap loyihalarini taqdim etish, ularning ilg‘or g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, loyihalarni amaliyotga tatbiq etish uchun moliyaviy ko‘mak berishdan iborat.
“Talaba Fest — Talaba Expo 2025” doirasida yoshlarga o‘z innovatsion g‘oyalari va tadbirkorlik loyihalarini keng jamoatchilik e’tiboriga havola qilish, malakali investorlar va tajribali mutaxassislar bilan tajriba almashish imkoniyati yaratildi.