Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman — Toshkentda! 2025-yil 21–22-may kunlari Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Tibbiy reabilitatsiyada zamonaviy yondashuvlar” mavzusida nufuzli xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Belarus Davlat Tibbiyot Universiteti hamda TDTU hamkorligida tashkil etildi.
Konferensiyada Belarus, Rossiya, Turkiya, Italiya, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlardan yetuk olimlar, amaliyotchi shifokorlar va tibbiyot sohasidagi mutaxassislar qatnashdi.
Ma’ruzalarda quyidagi mavzular atroflicha muhokama qilindi:
- gipergravitatsion terapiya
- telereabilitatsiya va kurort muolajalar sinergiyasi
- neyroreabilitatsiyada yangi texnologiyalar
- yurak-qon tomir va asab tizimi bilan bog‘liq kasalliklardan so‘ng tiklanish bosqichlari
- sport tibbiyoti va bolalar reabilitatsiyasida innovatsion yondashuvlar
Shuningdek, konferensiya doirasida amaliy mashg‘ulotlar, master-klasslar, texnoparklarga tashriflar va integratsiyalashgan darslar ham o‘tkazildi.
Anjuman ishtirokchilari xalqaro hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish, tajriba almashish va yangi loyihalarni muhokama qilish uchun platforma sifatida ushbu tadbirni yuqori baholadi.