2025-yil 21-may kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti, Biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika kafedrasi tomonidan Rossiya federatsiyasining Sibir davlat tibbiyot universiteti hamda Boshqird davlat tibbiyot universiteti hamkorligida “Tibbiyot mutaxassislarini tayorlashda biofizika va tibbiyotda axborot texnologiyalari fanlarini o‘qitishning dolzarbligi va muammolari” mavzusidagi II Xalqaro o‘quv-uslubiy anjuman tashkil etildi.
Konferensiyaning asosiy ilmiy yo‘nalishlari:
1. Tibbiyot mutaxassislarini tayorlashda biofizika fanining o‘rni.
2. Tibbiyot mutaxassislarini tayorlashda umumiy fizika fanining o‘rni
3. Tibbiyotda axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning dolzarbligi
4. Tibbiyotda va biologiyada matematik statistikaning ahamiyati.
5. Tibbiy qurilmalarga xizmat ko‘rsatishda biotibbiyot mutaxassislarni tayorlashning dolzarbligi.
Bunda tibbiyot mutaxassialarini tayorlashda fundamental fanlardan hisoblanadigan Biofizika hamda Tibbiyotda axborot texnologiyalari fanlarini o‘qitishning bugungi kundagi dolzarb masalalari va muammolari xalqaro va mahalliy hamkorlar bilan muhokama qilindi. Anjumanda jami 43 nafar pedagog hodimlar ishtirok etishdi, ulardan 7 nafari xorijiy mutaxassislardir.
Jumladan: Sibir davlat tibbiyot universiteti, Akademik I.P Pavlov nomidagi Ryazan davlat tibbiyot universiteti, Boshqird davlat tibbiyot universiteti, G‘arbiy Makedoniya universiteti, Janubiy Koreya Respublikasi Chungang universiteti, Volgograd davlat tibbiyot universitetlaridan mutaxassislar ishtirok etishdi.