ToshDavTibUni Jamoat sog‘lig‘ini saqlash maktabi “Dalillarga asoslangan tibbiyot” III-Xalqaro fan olimpiadasi bo‘lib o‘tmoqda.

Dalillarga asoslangan tibbiyot

Mazkur nufuzli ilmiy musobaqa Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti,  Xorijiy mamlakatlarning yetakchi tashkilotlari,  Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda tashkil etildi.Musobaqada nafaqat O‘zbekistonning yetakchi tibbiyot oliygohlari hamda MDH va boshqa xorijiy davlatlardan kelgan talaba-yoshlar ishtirok etmoqdalar.

Olimpiadaning asosiy maqsadi —  iqtidorli talaba magistrlarni  nazariy bilimlari va ilmiy hamda tanqidiy fikrlashi  qobiliyatini oshirish, xalqaro tajriba almashinish hamda tibbiyot ta’limi sifatini yuksaltirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida qatnashchilar bir nechta bosqichlardan iborat testlar, vaziyatli masalalar tahlil va amaliy mashg‘ulotlarda o‘z salohiyatlarini namoyish etishmoqda.

Olimpiada nafaqat raqobat, balki ilmiy muloqot, do‘stlik va xalqaro hamkorlik muhitida o‘tmoqda. G‘olib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.

Mazkur olimpiada ToshDavTibUni tashabbusi bilan an’anaviy ravishda o‘tkazilib, yosh mutaxassislar uchun katta motivatsiya va professional o‘sish imkonini yaratmoqda.

Dalillarga asoslangan tibbiyot Dalillarga asoslangan tibbiyot

Dalillarga asoslangan tibbiyot Dalillarga asoslangan tibbiyot

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan