“Talaba Fest — Talaba Expo 2025”: Ilm, innovatsiya va tashabbuslar maydoni

Talaba Fest — Talaba Expo 2025

Bugun poytaxtimizdagi Zakovat Arena binosida talaba-yoshlar intellektual salohiyatini namoyon etishga xizmat qiluvchi yirik ko‘rgazma — “Talaba Fest — Talaba Expo 2025” bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda mamlakatimizdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi. Xususan, Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori professor Sh.Boymurodov o‘zining taqdimoti bilan qatnashib, talabalarning innovatsion g‘oyalari va startap loyihalariga bo‘lgan e’tiborni yana bir bor ta’kidladi.

Ko‘rgazmaning bosh maqsadi — talaba-yoshlarning biznes g‘oyalari va startap loyihalarini keng ommaga namoyish etish, ularni amaliyotga tatbiq etishda zarur metodik, konsultativ va moliyaviy ko‘mak berishdan iborat. Bu nafaqat yoshlar uchun, balki jamiyat uchun ham kelajakni shakllantiruvchi muhim qadamlardan biridir.

“Talaba Fest — Talaba Expo 2025” doirasida o‘z iqtidorini namoyon etgan talabalarga malakali investorlar, soha mutaxassislari va tajribali mentorlar bilan bevosita muloqot qilish, o‘z loyihalarini tahlil qilish, ularni yanada takomillashtirish borasida tavsiyalar olish imkoniyati yaratildi.

Mazkur ko‘rgazma yosh avlodning innovatsion tafakkurini qo‘llab-quvvatlash, ularning ilg‘or tashabbuslarini real iqtisodiy hayotga tatbiq etish sari tashlangan yana bir muhim qadam bo‘ldi

Talaba Fest — Talaba Expo 2025 Talaba Fest — Talaba Expo 2025

Talaba Fest — Talaba Expo 2025 Talaba Fest — Talaba Expo 2025

Talaba Fest — Talaba Expo 2025 Talaba Fest — Talaba Expo 2025

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan