2025 yil 20 may kuni Rossiyaning yetakchi oliygohlaridan biri — I.M. Sechenov nomidagi Birinchi Moskva davlat tibbiyot universitetida “Profilaktik tibbiyot va aholi salomatligining dolzarb masalalari” mavzusida yosh olimlarning xalqaro anjumani bo‘lib o‘tdi.
Ushbu nufuzli ilmiy anjumanda Toshkent tibbiyot akademiyasi epidemiologiya kafedrasi 5-bosqich talabalari hamda 1-bosqich klinik ordinatorlari ishtirok etib, infeksion va noinfeksion kasalliklar epidemiologiyasiga oid dolzarb mavzularda ma’ruzalar bilan chiqish qildilar.
Anjumanda ishtirok etgan yoshlar faqat nazariy bilimlari bilan emas, balki ilmiy tahlil, tadqiqot natijalari va jamoat salomatligiga doir ilg‘or yondashuvlari bilan ham ajralib turishdi. Bu TTAda olinayotgan ta’lim sifati hamda akademik muhitning xalqaro mezonlarga mos ekanini yana bir bor isbotladi.