«TalabaExpo-2025» festivali Toshkentda bo‘lib o‘tdi — Universitet tomonidan bitiruvchilar ishtirok etdi
2025-yil 14-fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 61-sonli «Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» qarori doirasida yosh bitiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va ularni bandlikka jalb etish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan Toshkent shahrida “O‘zmilliybank” AJ hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida “TalabaExpo-2025” festivali tashkil etildi.
Festivalda poytaxtdagi barcha oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ishtirok etishdi. Tadbir doirasida ishtirokchilarga mehnat bozori, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, hamda bitiruvchilar uchun mo‘ljallangan biznes boshlash imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Universitet tomonidan ushbu festivalda bitiruvchilar qatnashdi. Ular uchun ish beruvchilar bilan uchrashuvlar, tadbirkorlik bo‘yicha mahorat darslari va yangi ish boshlovchilar uchun moliyaviy va maslahat ko‘magini ko‘rsatuvchi loyihalar taqdim etildi.
“TalabaExpo-2025” yoshlar uchun o‘z kasbiy yo‘lini topish, shuningdek, bank sektori va ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish uchun muhim maydon bo‘ldi.
Tashkilotchilarning aytishicha, festivalni har yili o‘tkazish va uni butun respublika bo‘ylab kengaytirish rejalashtirilgan.