Bu kun-mas’uliyatli qarorlar ostonasidir.

Bazarbayev Muratali Irisaliyevich

Bitiruvchilar kunida kelajak sari: tibbiy ta’limda biofizika va axborot texnologiyalarining o‘rni

Bugun — 24-may. Yurtimiz maktablarida Bitiruvchilar kuni keng nishonlanmoqda. Har bir yosh o‘z hayotida muhim bosqichni ortda qoldirib, kelajak sari yo‘l olmoqda. Bu sana — faqat maktab bilan xayrlashuv emas, balki yangi orzular, katta tanlovlar va mas’uliyatli qarorlar ostonasidir.

Ayniqsa, tibbiyot sohasini tanlagan yoshlar zimmasidagi vazifa yanada ulug‘ — inson hayoti va salomatligi uchun mas’ul bo‘lish. Zamon esa shifokor oldiga endi faqat an’anaviy bilimlar emas, balki chuqur ilmiy tafakkur, raqamli savodxonlik ва texnologik kompetensiyalarни талаб этмоқда.

Shu bois, tibbiy ta’lim jarayonida aynan biofizika ва axborot texnologiyalari (AT) фанларини самарали ўқитиш ва амалиёт билан уйғунлаштириш бугунги куннинг энг долзарб вазифаларидан биридир.

Biofizika — hayotni tushunishga olib boruvchi ilmiy asos

Biofizika — bu biologik jarayonlarga fizik nuqtai nazardan yondashuvдир. U organizm funksiyalarini aniqlik bilan tushunishga, diagnostika, fizioterapiya, tibbiy asbob-uskunalardan foydalanish kabi кўплаб соҳаларда мустаҳкам назарий асос бўлиб хизмат қилади.

Shu bilan birga, kuzatuvlarimiz shuni ko‘rsatadiki, talabalar ko‘pincha bu fanni nazariy tushunchalar doirasida qabul qiladilar. Amalda esa, EKG, UZI, rentgen, MRI kabi diagnostika texnologiyalari aynan bio-fizik tamoyillarga asoslangan. Shunday ekan, bu fanni zamonaviy metodlar — simulyatsiyalar, videoanimatsiyalar va real klinik misollar orqali o‘qitish talab etilmoqda.

Bizning universitetimizda ana shunday innovatsion yondashuvlar joriy qilingan. Bu, o‘z navbatida, talabalarda fanga qiziqishni oshirmoqda va amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlamoqda.

Axborot texnologiyalari — kelajak tibbiyotining asosiy quroli

Raqamli davrda tibbiyotda AT fanisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Elektron tibbiy yozuvlar, sun’iy intellekt asosida tashxis qo‘yish tizimlari, tibbiy statistika, klinik qarorlarni qo‘llab-quvvatlash platformalari — bular zamonaviy shifokorning kundalik faoliyatining ajralmas bo‘lagidir.

Biroq amaliyotda ko‘plab qiyinchiliklar ham mavjud:

  • talabalarning IT bo‘yicha tayyorgarligi turlicha darajada;
  • dasturlash va algoritmlashtirish ko‘nikmalari yetarli emas;
  • AT fanlari tibbiy kontekstdan uzilgan holda olib boriladi.

Biz bu muammolarni bartaraf etish uchun quyidagi yondashuvlarni taklif etamiz:

  1. EHR, klinik tahlil va tibbiy AI bo‘yicha maxsus modullar;
  2. Real platformalarда амалий машғулотлар (MedData, OpenEMR ва ҳ.к.);
  3. IT, тиббиёт ва педагогик мутахассислардан иборат ўқитувчилар жамоаси.

Xulosa

Bugun — bitiruvchilar yangi hayotga qadam qo‘yayotgan kunda, biz — professor-o‘qituvchilar jamoasi ularga yuksak bilim, keng dunyoqarash va zamonaviy texnologiyalarga oid ko‘nikmalar berishga mas’ulmiz.

Biofizika ва axborot texnologiyalarini yuzaki o‘rgatish — ertangi kun talablariga javob bermaydigan shifokorlarni tayyorlash demakdir. Шу боис, бу фанлар tibbiy ta’limning tayanch poydevori sifatida qaralishi va har tomonlama takomillashtirilishi shart.

Bu borada olib borayotgan ishlarimizni bugungi bitiruvchi yoshlar kelajakda zamonaviy, texnologik savodli, insonparvar va Vatanga xizmat qiluvchi shifokorlar bo‘lib yetishishlari yo‘lida qo‘yilgan muhim qadam deb bilamiz.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan