Bugun Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori Shuhrat Boymuradov va Koreya universitetining Jamoat salomatligi oliy maktabi rahbari Jaewook Choining uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda professor Choi universitetda yangi tashkil etilgan ta’lim tizimi, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari hamda ularni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Tomonlar o‘zaro tajriba almashinuvi, qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish va xalqaro loyihalarda hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Bundan tashqari, uchrashuv doirasida yaqin kelajakda amalga oshiriladigan yirik loyihalarning asosiy yo‘nalishlari va ularni amalga oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Mazkur tashrif Toshkent davlat tibbiyot universitetining xalqaro aloqalarini yanada mustahkamlash, ilmiy salohiyatini oshirish va zamonaviy jahon standartlariga mos ta’lim jarayonlarini joriy etish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
Translate: Eng