ToshDavTibUniverda tahsil olib, bugungi kunda xorijda faoliyat yuritayotgan vatandoshlar universitetga tashrif buyurdi

xorijda faoliyat yuritayotgan vatandoshlar

Kuni kecha Toshkent davlat tibbiyot universitetida ilm-fan va innovatsiyalar sohasida xalqaro miqyosda faoliyat olib borayotgan taniqli yosh olimlar – Dr. Anvar Sariev va Dr. Tuychiboy Nishonov mehmon bo‘lishdi. Mazkur tashrif universitet taklifiga binoan tashkil etilib, ushbu bitiruvchilar o‘z vatani, ilk bilim dargohiga qaytib, talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Dr. Anvar Sariev – Toshkent tibbiyot akademiyasining sobiq talabasi, hozirda AQShning Konnektikut Universitetida ilmiy xodim bo’lib faoliyat yuritmoqda. U xotira, neyron tarmoqlar va insultdan keyingi reabilitatsiyani o‘rganishda 2-fotonli tasvirlash, optogenetika va matematik modellashtirish kabi ilg‘or texnologiyalar asosida izlanishlar olib bormoqda

Tadbirda ishtirok etgan navbatdagi yurtdoshimiz – Dr. Tuychiboy Nishonov, hozirda Janubiy Koreyaning Ulsan Milliy Fan va Texnologiyalar Institutida molekulyar tibbiyot laboratoriyasida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Uning asosiy yo‘nalishlari sun’iy inson miyalari yaratish, kasallik modellarini ishlab chiqish, genetik qayta dasturlash, organoid va assembloid texnologiyalari, hamda epigenetik jarayonlarni o‘rganishni o‘z ichiga oladi.

Uchrashuv davomida vatandoshlarimiz o‘zlarining ilmiy yo‘llari, xorijdagi tajribalari va yutuqlari haqida so‘zlab berishdi. Shuningdek, talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni ilmiy izlanishlarga undash, motivatsiya berish hamda amaliy maslahatlar bilan ulashish imkoniyati yaratildi.

xorijda faoliyat yuritayotgan vatandoshlar xorijda faoliyat yuritayotgan vatandoshlar

xorijda faoliyat yuritayotgan vatandoshlar xorijda faoliyat yuritayotgan vatandoshlar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan