Tibbiy ta’limda yangi bosqich: ToshDavTibUniverda Prezident Qarori ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Bugun Toshkent davlat tibbiyot universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-aprelda qabul qilingan PQ–149-sonli Qarorida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda universitet kafedralari professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirok etdi.
Mazkur yig‘ilish davomida har bir xodimning yaqin istiqbolga mo‘ljallangan shaxsiy faoliyat rejasi ishlab chiqildi. Shuningdek, oliy tibbiy ta’lim tizimini bugungi kun talablari darajasiga moslashtirish yo‘nalishida muhim vazifalar belgilab olindi. Jumladan, dual ta’lim tizimini kengaytirish, ta’lim jarayonlarini raqamlashtirish, talabalar amaliy ko‘nikmalarini chuqurlashtirish hamda universitetning nufuzli xalqaro reytinglarda, xususan, TOP-1000 talik ro‘yxatida munosib o‘rin egallashiga erishish kabi strategik maqsadlar ilgari surildi.
Yig‘ilishda, shuningdek, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish, tibbiy innovatsiyalarni o‘quv jarayoniga integratsiya qilish hamda universitetning global ta’lim maydonida raqobatbardoshligini oshirish borasida taklif va tashabbuslar muhokama qilindi.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti tibbiy ta’limda sifat va samaradorlikni ta’minlash, xalqaro standartlarga moslashtirish yo‘lida tizimli islohotlarni izchil davom ettirmoqda.