Tashrif davomida litseyning respublika va xalqaro miqyosida erishilgan yutuqlari, xodimlarning amalga oshirgan ishlari bilan tanishildi.
Mazkur tashrif doirasida rektor ta’lim sifatini yanada oshirish, oliy tibbiy ta’lim muassasalari bilan integratsiyani kuchaytirish bo‘yicha fikr almashdi.
Tashrif yakunida Shuhrat Boymuradov litseyda yaratilgan sharoitlar va jamoaning fidokorona mehnatini yuqori baholab, ushbu maskan tibbiyot sohasida yetuk kadrlar tayyorlash yo‘lida muhim bo‘g‘in bo‘lib xizmat qilayotganini ta’kidladi.