1981 yil sentyabr oyi hayotimda unutilmas bir burilish nuqtasi bo‘lgan edi. Shifokorlik faoliyatimni yanada takomillashtirish maqsadida Toshkent shifokorlarni malaka oshirish instituti (hozirgi TashIUV) qoshidagi O‘zNIITO institutiga yo‘l oldim. U yerda 4 oylik travmatologiya va ortopediya kurslarini o‘ta boshladim. O‘sha davrda kafedra mudiri bo‘lib ishlagan professor Xamrayev Shahob Shamsiyevich bilan tanishuvim – mening kelajak ilmiy va amaliy faoliyatimning muhim nuqtasi edi.
Domlamiz mening har bir amaliy mashg‘ulotdagi faolligimni, operatsiyalar va konferensiyalardagi qatnashuvimni diqqat bilan kuzatar, qo‘llab-quvvatlar edilar. Bir kuni menga:
— Kafedraga klinik ordinator sifatida kelishingni istayman, — deb murojaat qildilar.
Bu taklif men uchun katta ishonch, mas’uliyat va sharaf edi. Shunday qilib, 1982 yilda klinik ordinaturaga qabul qilindim va 1984 yilgacha uni muvaffaqiyatli tamomladim.
1985 yilda Respublika klinik shifoxonasi ochilib, professor Sh.Sh. Xamrayev uning rahbari etib tayinlandi. Men esa «Qo‘l va barmoq jarrohligi» bo‘limiga bo‘lim mudiri sifatida ish boshladim. Domlam menga ilmiy izlanish olib borishni tavsiya etdilar. Ular rahbarliklarida 1989 yilda «Folman kontrakturasi klinikasi va davolash» mavzusida nomzodlik dissertatsiyamni muvaffaqiyatli himoya qildim.
TnlUstozim:
— Endi doktorlik dissertatsiyasini ham himoya qilishing kerak, — deb doim ruhlantirar edilar.
Men harakat qilib, 1997 yilda «Qo‘l-barmoq kontrakturalarini jarrohlik va apparat usulida davolash» mavzusida doktorlik dissertatsiyamni himoya qildim. Bu — ustozimga bonbminnatdorligimning amaliy ifodasi edi.
1997 yildan 2010 yilgacha ToshMIning Travmatologiya va ortopediya kafedrasida avvalo assistent, keyin dots.nt va so‘ng professor sifatida ustozim bilan yelkama-yelka faoliyat yuritdim. Bu 27 yillik mehnat va o‘zaro hurmatga asoslangan ijodiy hamkorlik edi.
1997 yil doktorlik dissertatsiyamni ximoya kildim
2010 yildan boshlab ToshMIning Meditsina-pedagogika fakulteti kafedrasiga mudir etib tayinlandim va keyinchalik boshqa muassasalarda ishimni davom ettirdim. Lekin domlam bilan birga o‘tkazgan yillar — mening eng teran, mazmunli va samarali hayot yo‘lim bo‘lib qoldi.
Domlam — haqiqiy mehnatkash, mas’uliyatli, yuksak didli inson edilar. Ular har bir kunni bayramdek boshlar, ertalabki vrachlar yig‘ilishida har bir bemor va operatsiyani sinchkovlik bilan muhokama qilar edilar. «Yangi nimalar bor, ko‘rdingizmi?» degan savolni har kuni eshitardik. Bu so‘zlar biz, shogirdlarini yangi usullar izlashga untar edi.
Domla juda mehmondo‘st edilar. Tugilgan kunlar, bayramlar – hammasini birgalikda nishonlardik. Jamoadagi har bir inson ularni ardoqlar, qalban hurmat qilar edi. Ular yaratgan maktab — O‘zbekiston tibbiyotida mustahkam o‘rin egallagan maktabdir. Mana shu maktabda men ham kamol topdim, inson va olim sifatida shakllandim.
Domlaning oxirati obod bo‘lsin, jonlari jannatda bo‘lsin. Hayotim davomida ustozimning nomini faxr bilan tilga olib yashayman. Chunki ular menga faqat ilmu fozillikni emas, hayotni, insonparvarlikni va vatanga sadoqatni o‘rgatgan inson edilar.