31-MAY – SOG‘LOM TURMUSH TARZI KUNI

BIZ SOG‘LOM YURT FARZANDLARIMIZ

Bugun Toshkent davlat tibbiyot universitetida sog‘lom hayot tarzini targ‘ib qilish va yoshlar orasida sport madaniyatini rivojlantirish maqsadida ikki muhim tadbir muvaffaqiyatli o‘tkazildi:

“BIZ SOG‘LOM YURT FARZANDLARIMIZ” sport festivali

“Biz tamaki chekishga qarshimiz!” shiori ostidagi yugurish marafoni

“Shifokor” sport majmuasida o‘tgan festival doirasida:

TDTU rektori, professor Sh.A. Boymuradov ishtirokchilarni tabrikladi

Talabalar, ustozlar va xodimlar o‘rtasida o‘tkazilgan sport musobaqalari va konsert dasturi bayramona ruh bag‘ishladi

Musobaqa g‘oliblari taqdirlandi, sport paradi esa festivalga munosib yakun yasadi

Sport – bu sog‘liq, intizom va hayot sifati! U yurak-qon tomir tizimini mustahkamlaydi, ruhiy salomatlikni yaxshilaydi, yoshlar orasida sog‘lom muhit shakllantiradi.

Shu kunning erta tongida esa TDTU sport majmuasida Xalqaro tamaki chekishga qarshi kurash kuni munosabati bilan yugurish marafoni o‘tkazildi.

Marafon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-196-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.Tadbirda quyidagi muassasalar vakillari ishtirok etdi: — TDTU, Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik markazi, Salomatlik va strategik rivojlanish instituti, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi va boshqa tashkilotlar

Marafon sog‘lom hayot tarafdorlarini birlashtirdi, yoshlarda tamakiga qarshi qat’iy immunitet shakllantirishga xizmat qildi.

Yoshlar sog‘lom bo‘lsa, jamiyat sog‘lom bo‘ladi! Biz sport tarafdorimiz! Biz tamaki chekishga qarshimiz!

BIZ SOG‘LOM YURT FARZANDLARIMIZ BIZ SOG‘LOM YURT FARZANDLARIMIZ

BIZ SOG‘LOM YURT FARZANDLARIMIZ BIZ SOG‘LOM YURT FARZANDLARIMIZ

BIZ SOG‘LOM YURT FARZANDLARIMIZ BIZ SOG‘LOM YURT FARZANDLARIMIZ

BIZ SOG‘LOM YURT FARZANDLARIMIZ BIZ SOG‘LOM YURT FARZANDLARIMIZ

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan