Joriy yilning 2-iyun kuni Toshkent shahrida Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi (IUCN)ning Markaziy Osiyodagi rasmiy ofisi ochildi.
Mazkur nufuzli tadbirda Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari – 1.Toxliboyev Bobur Xalimjon o‘g‘li 2.Xayrullaeva E’zozaxon Xamidullo qizi 3.Fazliddinov Javoxir Jamoliddin o‘g‘li – Ekomed klubi nomidan faol ishtirok etdilar.
Yangi ofis mintaqaviy va milliy tashabbuslarni IUCN global hujjatlari bilan uyg‘unlashtirishda muhim markaz bo‘ladi. Jumladan: •Xavf ostidagi turlar bo‘yicha Qizil ro‘yxat •Himoya qilinadigan hududlar bo‘yicha Yashil ro‘yxat •Tabiatga asoslangan yechimlarning global standarti.
Ofis rahbari etib IUCNning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy koordinatori Dmitriy Gorshkov tayinlandi.Ekologik barqarorlik va yoshlar faolligini targ‘ib qiluvchi bunday xalqaro tadbirlarda universitet talabalarining ishtiroki — ularga bo‘lgan yuksak ishonchning ifodasidir.