2025-yil 3-iyun kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetida Abu Ali ibn Sino jamoat salomatligi texnikumlari o‘qituvchilari uchun “Interaktiv o‘qitish usullarining samaradorligi” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
Darsni Bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasi dotsenti G.S.Avezova va Sh.Sh.Mallaev olib bordilar.
Dars maqsadi — ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy qilish, talabalar bilimini samarali oshirish va interaktiv usullar orqali ularning qiziqishi hamda faolligini kuchaytirish.
Mahorat darsida:
- Kahoot platformasi orqali bilimni baholash viktorinasi;
- “BKP-Quiz” intellektual o‘yini o‘tkazilib, talabalarning tanqidiy va mantiqiy fikrlash hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalari rivojlantirildi.
Ishtirokchilar interaktiv usullarning afzalliklarini amalda sinab ko‘rib, ta’lim jarayoniga joriy etish bo‘yicha tavsiyalar oldilar.
Shu kabi usullar muntazam qo‘llansa:
- Talabalarda mustaqil fikrlash;
- Faol ishtirok;
- Hamkorlik;
- Bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish kabi ko‘nikmalar shakllanadi