Toshkent davlat tibbiyot universitetiga Italiyaning Lombardiya viloyatidan delegatsiya tashrif buyurdi

aliyaning Lombardiya viloyatidan delegatsiyasi

Bugun Toshkent davlat tibbiyot universiteti xalqaro aloqalarni rivojlantirish va kengaytirish doirasida muhim uchrashuvga mezbonlik qildi. Universitetimizga Italiyaning Lombardiya viloyatidan rasmiy delegatsiya tashrif buyurdi.

Mazkur tashrif doirasida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Jumladan, tibbiy ta’limda ilg‘or yondashuvlarni joriy etish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini tashkil etish kabi yo‘nalishlarda fikr almashildi.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti rahbariyati Lombardiya viloyati delegatsiyasini samimiy kutib oldi va ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlashga tayyor ekanligini bildirdi. Delegatsiya a’zolari universitet infratuzilmasi, o‘quv-laboratoriya bazasi va ilmiy salohiyat bilan tanishdilar hamda hamkorlik istiqbollarini yuqori baholadilar.

Mazkur uchrashuv ikki davlat o‘rtasida sog‘liqni saqlash va tibbiy ta’lim sohasida hamkorlik aloqalarini yanada chuqurlashtirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

aliyaning Lombardiya viloyatidan delegatsiyasi aliyaning Lombardiya viloyatidan delegatsiyasi

aliyaning Lombardiya viloyatidan delegatsiyasi aliyaning Lombardiya viloyatidan delegatsiyasi

aliyaning Lombardiya viloyatidan delegatsiyasi aliyaning Lombardiya viloyatidan delegatsiyasi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan