Tegishli buyruqqa ko‘ra, Hayitov Qahramon Najmitdinovich Toshkent davlat tibbiyot universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.
Q.Hayitov 1995 yil Toshkent pediatriya tibbiyot institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida mazkur oliy o‘quv yurtida kafedra dots.nti, xalqaro aloqalar hamda magistratura bo‘limi boshlig‘i, tibbiy-pedagogika va davolash ishi fakulteti dekani kabi lavozimlarda ishlagan.
Tibbiyot fanlari doktori, professor Q.Hayitov tayinlovga qadar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
Tegishli buyruqqa ko‘ra, Bobomuratov Turdiqul Akromovich Toshkent davlat tibbiyot universiteti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori lavozimiga tayinlandi.
T.Bobomuratov 1987 yil Samarqand davlat tibbiyot institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida Samarqand davlat tibbiyot instituti klinikasi shifokori, bo‘lim mudiri, Samarqand davlat tibbiyot instituti kafedra mudiri, davolash fakulteti dekani, Toshkent tibbiyot akademiyasi ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha prorektori kabi lavozimlarda ishlagan.
Tibbiyot fanlari doktori, professor T.Bobomuratov tayinlovga qadar Toshkent tibbiyot akademiyasida kafedra mudiri sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
Tegishli buyruqqa ko‘ra, Azizova Feruza Lutpillayevna Toshkent davlat tibbiyot universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.
F.Azizova 1997 yil 2-Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida mazkur oliy o‘quv yurtining ovqatlanish gigiyenasi kafedrasi assistenti, Toshkent tibbiyot akademiyasi katta ilmiy xodimi, kafedra dots.nti kabi lavozimlarda ishlagan.
Tibbiyot fanlari doktori, professor F.Azizova tayinlovga qadar Toshkent tibbiyot akademiyasining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
Tegishli buyruqqa ko‘ra, Isroilov Jahongirxon Jamshidxonovich Toshkent davlat tibbiyot universitetining xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.
J.Isroilov 2010 yil O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining bakalavriat, 2012 yil magistratura bosqichini tamomlagan. Shuningdek, u 2020 yil Sibir davlat tibbiyot universitetining magistratura bosqichini tugallagan.
Mehnat faoliyati davomida Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ul xodimi, Toshkent tibbiyot akademiyasida xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i, dekan lavozimlarida ishlagan.
J.Isroilov tayinlovga qadar Toshkent tibbiyot akademiyasi xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
Tegishli buyruqqa ko‘ra, Karimov Ma’rif Shokirovich Toshkent davlat tibbiyot universiteti davolash ishlari bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.
M.Karimov 1982 yil Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida 1-Toshkent davlat tibbiyot instituti markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriyasi bo‘lim mudiri, kafedra mudiri, ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor, Toshkent tibbiyot akademiyasi kafedra mudiri kabi lavozimlarda ishlagan.
Tibbiyot fanlari doktori, professor M.Karimov tayinlovga qadar Toshkent tibbiyot akademiyasi davolash ishlari bo‘yicha prorektori sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
Tegishli buyruqqa ko‘ra, Baymakov Sayfiddin Risboyevich Toshkent davlat tibbiyot universiteti hududiy ta’lim muassasalari va texnikumlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.
S.Baymakov 1995 yilda 1-Toshkent davlat tibbiyot instituti davolash fakultetini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida ushbu institutning tibbiy pedagogika fakulteti dekani muovini, Toshkent tibbiyot akademiyasi qoshidagi pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tarmoq markazi direktori, shu akademiyaning akademik litsey va kollejlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Tibbiyot fanlari doktori S.Baymakov tayinlovga qadar Toshkent davlat stomatologiya instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Tegishli buyruqqa ko‘ra, Asqarov Nurbek Lazizjon o‘g‘li Toshkent davlat tibbiyot universiteti moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.
N.Asqarov 2015 yilda Andijon davlat tibbiyot instituti bakalavriat, 2018 yilda esa Toshkent tibbiyot akademiyasining magistratura bosqichini tamomlagan. Shuningdek, u Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining moliyaviy menejment yo‘nalishida tahsil olgan.
Mehnat faoliyati davomida Qibray tuman tibbiyot birlashmasi navbatchi shifokori, Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-klinikasi reanimatsiya bo‘limi shifokori, Prezident Administratsiyasi yetakchi konsultanti va boshqa qator lavozimlarda ishlagan.