Toshkent davlat tibbiyot universitetida magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilariga diplomlar topshirildi

Kuni kecha Toshkent davlat tibbiyot universitetida magistratura mutaxassisliklarini muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilarga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida universitet rahbariyati bitiruvchilarni tabriklab, ularning yillar davomida qilgan mehnati, ilmiy izlanishlari va yutuqlarini yuksak baholadi. Bitiruvchilarga magistrlik diplomlari tantanali ravishda topshirildi.

Universitet rektori Shuhrat Boymuradov, prorektorlar va fakultet dekani o‘z nutqlarida bitiruvchilarga kelgusi kasbiy faoliyatlarida ulkan zafarlar tilab, sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish yo‘lida ularning bilim va malakalari muhim o‘rin tutishini ta’kidlashdi.

Tadbirda bitiruvchilar, ularning ota-onalari, professor-o‘qituvchilar va mehmonlar ishtirok etishdi. Ushbu marosim bitiruvchilarning hayotidagi muhim bosqichlardan biri bo‘lib, ularga yanada katta mas’uliyat va ilhom bag‘ishladi.

 

Translate: Eng Рус

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan