Hurmatli talaba-yoshlar!

Hurmatli talaba-yoshlar!

Mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash, aholining ekologik ongini yuksaltirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Prezidentimiz tashabbusi bilan qabul qilingan “2030 yilgacha aholini ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi” bu boradagi keng ko‘lamli islohotlarning huquqiy asosidir.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti tomonidan amalga oshirilayotgan “1000 ta yosh ekologiya targ‘ibotchisi” loyihasi ekologik tarbiya va ongni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu loyiha orqali siz – yosh targ‘ibotchilar, chiqindilarni to‘g‘ri tashlash, suv va energiyani tejash, aholiga ekologik muammolar haqida tushuntirish kabi muhim vazifalarni amalga oshirasiz.

Zamonaviy dunyoda ekologik muammolar – atmosfera ifloslanishi, global isish, yer va suv resurslarining kamayishi, biologik xilma-xillikning yo‘qolishi kabi tahdidlar bilan bevosita bog‘liq. Ularni bartaraf etish uchun ekologik tafakkurli, faol fuqarolar zarur.

Sizni ushbu muhim loyihada faol ishtirok etishga, o‘z g‘oyalaringiz va tashabbuslaringiz bilan jamiyatga foyda keltirishga chorlayman.

Tabiat – bu bizning hayotimiz. Uni asrash – barchamizning burchimiz! Bobomuratov Turdikul Akramovich- Toshkent davlat tibbiyot universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan