ToshDavTibUniver va Yevropa tibbiy ta’limi o‘rtasidagi hamkorlik kengaymoqda

Toshkent davlat tibbiyot universiteti va Yevropa tibbiy ta’lim tizimi hamkorligi yangi bosqichda

Shu kunlarda Toshkent davlat tibbiyot universitetiga Yevropa tibbiyot maktablari assotsiatsiyasi (Association of Medical Schools in Europe — AMSE) bosh kotibi, professor Algirdas Utkus boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida delegatsiya “Davolash ishi” va “Pediatriya ishi” ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv dasturlarini chuqur o‘rgandi, oilaviy shifokorlarni tayyorlashga yo‘naltirilgan ta’lim tizimi bilan tanishdi, universitetning klinik bazalari va boshqaruv tizimi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Delegatsiya vakillari, shuningdek, o‘quv jarayonlariga mas’ul bo‘lgan xodimlar va professor-o‘qituvchilar bilan qator uchrashuvlar o‘tkazib, o’quv dasturlarini xalqaro talablarga muvofiqlashtirish bo’yicha o’zining taklif va taqrizlarini berdi.

Tashrif yakunida bitiruvchi bosqich talabalari uchun Yevropaning yetakchi klinikalarida malaka oshirish imkoniyatlari yaratish, universitetning barcha o‘quv dasturlarini ilg‘or xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish bo‘yicha hamkorlik qilish borasida kelishuvga erishildi.

Translate: Eng Рус

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan