Bugun Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi 1-son akademik litseyda “Bitiruv – 2025” tantanali tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tabiiy fanlarga ixtisoslashgan akademik litseyning bu yilgi bitiruvchilari uchun muhim va unutilmas kunlardan biri bo‘ldi.
Joriy yilda universitet tasarrufidagi litseylarda jami 476 nafar o‘quvchi ta’limni muvaffaqiyatli yakunladi. Jumladan, 1-son akademik litseyni 189 nafar, 2-son akademik litseyni 139 nafar, 3-son akademik litseyni esa 148 nafar bitiruvchi tamomladi. Ularning barchasi darslarni yuqori baholarga o‘zlashtirib, bilimga chanqoqliklari va intiluvchanliklari bilan ajralib turadi.
Tadbirda Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Shuhrat Boymuradov hamda universitet prorektorlari ishtirok etib, yoshlarga samimiy tabrik va tilaklarini bildirdilar. Bitiruvchilarni yangi bosqich — oliy ta’lim sari yo‘l olayotganliklari bilan tabriklab, ularga kelgusi faoliyatlarida zafarlar tiladilar.