Toshkent tibbiyot akademiyasi Biotibbiy texnologiyalar markazida Jeol transmission elektron mikroskopida mikropreparatlar tasvirga olindi. Yaponiyaning elektron-optik va analitik uskunalar ishlab chiqaruvchisi – JEOL kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan elektron mikroskop OLYMPUS SOFT IMAGING SYSTEM – elektron mikroskopiya uchun dasturiy ta’minot va ro’yxatga olish tizimlari bilan jixozlangan bo ‘lib, yuqori sifatli mikrotasvirlar olish imkoniyatiga ega. Bu esa Toshkent davlat tibbiyot universiteti ilmiy xodimlari uchun yangi imkoniyatlarni yaratadi. «Jeol» elektron mikroskopning keng qo’llanish sohasi: fundamental tadqiqotlar, turli kasalliklar va patologik holatlarda hujayra darajasidagi o’zgarishlarni aniqlash, kasalliklarga to’g’ri tashxis qo’yish, davolash samaradorligini aniqlash, turli dori vositalari va toksik moddalarning hujayralarga ta’sirini o’rganish kabi zamonaviy tibbiyotning amaliy muammolari.



Ташрифлар сони: 467